O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari 505 kishiga yetdi

So‘nggi bir necha soat ichida yana ikkita o‘lim holati qayd etildi. Jami qurbonlar soni 505 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekistonda yana ikki kishi koronavirusdan vafot etdi. Jami qurbonlar soni 505 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

So‘nggi yetti soat ichida yana 123 kishida koronavirus tasdiqlangan. Jami kasallanganlar soni 61 017 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanganlarning:

  • 89 nafari Toshkent shahrida;
  • 20 nafari Toshkent viloyatida;
  • 14 nafari Andijon viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 57 967 (+263) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.