Tun davomida eng ko‘p COVID-19 Namanganda qayd etildi

Yana 10 hududda 118 kishida korovirus aniqlandi. Shundan 32 nafari Namangan viloyatida. Jami qurbonlar soni 503 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 118 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 60 894 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning:

  • 32 nafari Namangan viloyatida;
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 13 nafari Toshkent viloyatida;
  • 11 nafari Samarqand viloyatida;
  • 11 nafari Buxoro viloyatida;
  • 10 nafari Xorazm viloyatida;
  • 8 nafari Jizzax viloyatida;
  • 7 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni – 503.

Shu paytga qadar 57 704 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan. Hozir mamlakatda 2 687 nafar bemor davolanmoqda.