O‘zbekistonda COVID-19 faqat ikkita hududda aniqlandi

Ayni paytda mamlakatda 57 587  nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.
Sputnik

TOShKENT, 10 okt - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 60 681 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Koronavirusning yangi belgilari aytildi

Yangi kasallanish holatlari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida aniqlangan. Shu bilan birga 7 hududda 257 nafar bemor koronavirusdan sog‘aygan, 1 bemor vafot etgan.

Ayni paytda mamlakatda 57 587  nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Ayni vaqtda dunyoda koronavirusga chalingan bemorlar soni 37 milliondan oshgan, qurbonlar 1 milliondan ortiqni tashkil etmoqda.