Koronavirusning yangi belgilari aytildi

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligi test markazlari ishini yanada qiyinlashtirmaslik uchun yangi simptomlarni COVID-19 indikatorlari ro‘yxatiga kiritib o‘tirmadi
Sputnik

TOShKENT, 10 okt - Sputnik. Mushaklardagi og‘riq, kuchli holsizlik va tovondagi pufakchalar koronavirus bilan infeksiyalanganlikdan darak berishi mumkin. Bu haqda Daily Mail britaniyalik olimlarning Favqulodda holatlar bo‘yicha ilmiy maslahatlashuv guruhi uchun tayyorlangan dokladiga tayangan holda xabar bermoqda.

Koronavirusning kutilmagan "foydali" xususiyati aniqlandi

Mutaxassislar ta’kidiga ko‘ra, virus alomatlari turlicha namoyon bo‘lishi mumkin, bu virusga chalinganlar yoshi va organizm xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligi test markazlari ishini yanada qiyinlashtirmaslik uchun yangi simptomlarni COVID-19 indikatorlari ro‘yxatiga kiritib o‘tirmadi.

Hozirda mamlakatda kasallikning rasman tan olingan uchta belgisi mavjud: bu yuqori temperatura, davomli yo‘tal va ta’m sezish qobiliyatining o‘zgarishi yoki yo‘qolishi.

Britaniyada pandemiya boshlanganidan buyon 570 mingta koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan, 42 mingdan ziyod odam vafot etdi.