TOShKENT, 9 okt - Sputnik. Sirdaryoda yashovchi erkak o‘z rafiqasiga xiyonat qilgandan so‘ng, yurak xurujidan vafot etdi.
Xovos tumani sudi xabarida aytilishicha, shu tumanda istiqomat qiluvchi Barno Aliyeva (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) o‘zining xushtori Alisher Zaripov (ismi-sharifi o‘zgartirilgan, ikkalasi ham oilali) bilan soat 19:00 larda o‘zining yotoqxonasida ishqiy munosabatda bo‘layotgan vaqtida, erkak yurak xuruji tufayli xushidan ketgan.
Ayol oilasi bor erkak bilan ishqiy munosabati oshkor etilishi va sharmanda bo‘lishdan qo‘rqib, uchun uyga tez tibbiy yordam chaqirmagan. Aksincha, xushtorini yarim kechgacha yotoqxonada saqlab, so‘ng hovlisidagi eshak aravaga jasadni ortib, daladagi yo‘lning chetiga olib borib, tashlab kelgan.
Sud, mazkur jinoyat ishini mazmunan ko‘rib chiqib, B.Aliyevani O‘zbekiston Respublikasi JKning 117-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga qonunda belgilangan chorani qo‘llagan.