Putin Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

Rossiya prezidenti Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarini insonparvarlik maqsadlarida jangovar harakatlarni to‘xtatib turishga chaqirdi.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘ mojarosi ishtirokchilarini jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

Dunyoda Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga qanday munosabat bildirildi va kim "olovga yog‘ quymoqda"?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat munosabati bilan murojaat qilgan, mojaro tomonlarini jangovar harakatlarni insonparvarlik nuqtayi-nazaridan to‘xtatishga chorlagan.

Kreml matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan bir necha telefon suhbatlarini o‘tkazgan va asir almashish hamda qurbonlar tanalarini yig‘ib olish uchun jangovar harakatlarni to‘xtatib turishga chaqirgan. 

"Ushbu masalalar bo‘yicha Rossiya ishtirokida muzokaralar o‘tkazish maqsadida Moskvaga 9-oktabr kuni Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari taklif qilinadi", - deyilgan Kreml xabarida.  

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar 27-sentabr kuni yangilandi. Ozarbayjon va Armaniston bir-biriga zarbalar berishni boshladi. Ayni damda Armanistonda to‘liq mobilizatsiya e’lon qilingan, 18-55 yoshli erkaklarga mamlakatni tark etish ta’qiqlangan. Ozarbayjonda qisman mobilizatsiya e’lon qilingan. 

Rossiya, AQSh va Fransiya rahbarlari tomonlardan jangovar harakatlarni to‘xtatishni talab qilishmoqda.