O‘zbekistonda koronavirus: 9-oktabr asosiy xabarlari

Sutka davomida 220 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 60 342 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Tinchlik bo‘yicha Nobelni BMT oziq-ovqat dasturi qo‘lga kiritdi

Bir sutka davomida 220 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 60 342 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari - 81 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Samarqand viloyatida, 10 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 245 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 57 221 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 623 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 498 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Charter qatnov

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan bugun Moskva – Andijon yo‘nalishida charter qatnovi amalga oshirildi. Reys bilan 190 nafar fuqaro respublikaga qaytdi. Aeroport hududida yo‘lovchilar belgilangan sanitariya-epidemiologiya talablariga to‘liq rioya qilingan holda kutib olindi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 36,8 milliondan oshdi, 1 million 66 mingdan ortiq  kishi vafot etdi, 27,7 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (7,8 mln), Hindistonda (6,9 mln), Braziliyada (5,0 mln).