TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Chernobil radiatsiya-ekologik biosfera qo‘riqxonasida kapalaklarning noyob turi aniqlandi. Bu kapalaklarning kattaligi bo‘yicha qush bilan solishtirish mumkin.
Bu haqda muassasa vakillari Facebook’dagi akkauntlarida ma’lum qilishdi.
Moviy kapalak (Catocala fraxini) o‘zi olimlar oldiga uchib ketdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu Ukraina va Yevropada yashovchi kapalaklarning eng yirik turlaridan biridir. Kapalak qanotlarining yozilgandagi uzunligi 110 millimetrga etishi mumkin.
Bu turdagi kapalak asosan tunda, nurga qarab uchadi.
Qo‘riqxonaning ilmiy bo‘limi ta’kidlashicha, yomg‘ir to‘xtashi bilan kapalak o‘zining sevimli daraxti - terakka ko‘chiriladi.