TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Toqayev davlat xizmatchilariga har qanday sovg‘a berishni taqiqlovchi qonunga imzo chekdi.
Qonun bilan mamlakatda davlat xizmatchisi va uning oila a’zolariga sovg‘a, moddiy mukofot berish hamda xizmatlar ko‘rsatish to‘liq taqiqlandi.
"Qimmatga tushmoqda": Tokayev Qozog‘istonda amaldorlar sonini qisqartirishga kirishdi
Qonun tezkor-qidiruv faoliyati yoki sudga qadar tergov o‘tkazayotgan mansabdor shaxslarning provokatsion harakatlari uchun qat’iy javobgarlikni belgilash to‘g‘risida davlat rahbarining topshirig‘ini amalga oshirishga qaratilgan.