Armaniston prezidenti MXX rahbarini ishdan bo‘shatdi

Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati direktori Argishti Karamanni egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Armaniston prezidenti Armen Sarkisan Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Argishti Karamanni ishdan bo‘shatdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Ishdan bo‘shatish sabablari ma’lum qilinmagan.

Prezident farmoni bilan Mikayel Ambarsuman MXX direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.