O‘zbekistonda Covid-19ga chalingan bemorlar soni 59,5 mingdan oshdi

Dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 36 milliondan oshdi. Bir milliondan ziyod inson virus qurboniga aylangan.
Sputnik

TOShKENT, 7 okt - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 579 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Koronavirusga chalingan bemorlarga yordam ko‘rsatish markazida portlash yuz berdi

Yangi kasallanish holatlari respublikaning oltita hududi: Toshkent shahri, Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda 56 165 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 36 milliondan oshdi. Bir milliondan ziyod inson virus qurboniga aylangan.