Uzbekistan Airways qo‘l yukiga cheklovlar kiritdi

Bundan buyon Uzbekistan Airways yo‘lovchilarga faqat parvoz vaqti kerak bo‘ladigan buyumlarni salonga olib kirishga ruxsat beradi.
Sputnik

TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Uzbekistan Airways yo‘lovchilar qo‘l yuki borasida yangi cheklovlar kiritdi. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bundan buyon yo‘lovchilarga faqat parvoz vaqtida kerak bo‘ladigan buyumlarni samolyot saloniga olib kirishga ruxsat beriladi. Ushbu choralar koronavirus yuqish xavfini kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Ijtimoiy masofaga amal qilish maqsadida o‘rindiqqa joylashish vaqtini qisqartirish, shuningdek yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari o‘rtasidagi ortiqcha muloqotni cheklash uchun qo‘l yuklari tashuviga cheklovlar kiritildi. Endilikda, havo kemasi sahniga faqatgina parvoz vaqtida zarur bo‘luvchi ayollar sumkasi, portfel, noutbuk, bolalar ashyolai solingan sumkani olib kirish mumkin. Boshqa narsalar esa qatnovga ro‘yxatdan o‘tilayotgan vaqtda bagajga topshirilishi shart, - deyilgan xabarda. 

E’tiboringizni shu narsaga qaratmoqchimizki, foydalanilmaydigan qo‘l yuki bepul tashish mumkin bo‘gan bagajga qo‘shiladi. Ya’ni, belgilangan 8 kg qo‘l yukidan faqatgina 2 kg ni samolyot sahniga olib kirishingiz mumkin boladi. Qolgan 6 kg esa bagaj uchun ruxsat berilgan yuk miqdoriga bepul qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda UzAirways samolyotlarida parvoz qilish uchun barcha yo‘lovchilardan parvozdan 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichidan topshirilgan, manfiy natijali PZR tashhisi talab qilinadi. Kasallik beligilari bo‘lgan yo‘lovchilar parvozga qo‘yilmaydi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardan kelgan yo‘lovchilar 2 hafta davomida o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish majburiyatini oladi.