Sanepid osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga rahbar tayinlandi

Eslatib o‘tamiz, Sanitariya-epidemiologiya xizmati aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibiga kiradi.
Sputnik

TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Prezident qarori bilan Baxodir Yusupaliyev O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.