Qanday oilalar ko‘p bolali hisoblanadi

Oila kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oila hisoblanadi.
Sputnik

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan 8 ta kodeks va 10 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Oila kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oila hisoblanadi.

Bunda, agar 4 nafar va undan ortiq bolalaridan 1 nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va kasb-hunar, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda 22 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila deb hisoblanadi.