Yerda bir hafta davomida magnit bo‘ronlari kuzatiladi

Rentgen astronomiyasi laboratoriyasining mutaxassislari navbatdagi magnit bo‘ronlari qachon bo‘lishini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Oktabr oyi oxirida magnit bo‘ronlari boshlanadi, bu haqda Fanlar akademiyasi Quyosh fizikasi instituti Rentgen astronomiyasi laboratoriyasining mutaxassislari ogohlantirishdi.

Yerga xavfli asteroid yaqinlashmoqda — NASA

Ta’kidlanishicha, 21-oktabrdan 24-oktabrgacha u zaif, 25-oktabr - o‘rtacha, keyingi uch kun davomida magnetosfera bezovta holatida bo‘ladi, shundan so‘ng normal holatga keladi.

Magnit bo‘ronlarining tasnifida 5ta daraja mavjud. Zaif bo‘ron - energiya tizimlarining ishlashida kichik uzilishlarni keltirib chiqarishi va qushlar va hayvonlarning ko‘chishiga ta’sir qilishi mumkin.

Kuchli bo‘ronlar esa qisqa to‘lqinli aloqa va navigatsiya tizimlarining ishlamay qolishiga, shuningdek sanoat tarmoqlarida elektr energiyasining uzilishiga olib keladi.