Qiziqchi Halimaxon shifoxonaga tushdi - video

O‘zbekiston aktrisasi Halima Ibragimova kasalxonadan kislorod niqobi taqqan holda ko‘rinish berdi. Aktrisa videoni Instagram'dagi sahifasiga joylashtirdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Qiziqchi va aktrisa Halima Ibragimova shifoxonaga yotqizildi.

Aktrisa kasalxonadan kislorod niqobi taqqan holda ko‘rinish berdi.

Aktrisa qanday kasallikka chalinganiga aniqlik kirmadi. Ko‘plab OAVlar u koronavirusga chalingani haqida yozishmoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova qizi Nilufar Halimaga sog‘ayib ketishini tilagan.