Dollar va yevro yana ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 18,47 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 6-oktabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 18,47 so‘mga ko‘tarilib, 10 339,68 so‘m tashkil qildi.

Yevro ham 107,30 so‘mga oshdi va 12 110,87 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 0,20 so‘mga yuqoriladi va 132,27 co‘mni tashkil qildi.