Rossiyada bir kunda 10 mingdan ziyod kishi koronavirus bilan kasallandi

Rossiyada aniqlangan yangi COVID-19 holatlari ilk bor may o‘rtasidan buyon 10 mingdan oshdi. Umumiy bemorlar soni 1 215 001 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Rossiyada aniqlangan yangi COVID-19 holatlari ilk bor may o‘rtasidan buyon 10 mingdan oshdi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurashish shtabi ma’lum qildi.

O‘tgan kun davomida Rossiyada 10 499 ta koronavirus bilan kasallanish aniqlangan. 107 kishi vafot etgan. 3284 kishiga esa kasalxonadan javob berilgan.

Yetti hududda yana 183 kishida koronavirus aniqlandi

Yangi kasallanish holatlari Rossiyaning barcha mintaqalarida qayd etilgan. Eng ko‘p Moskvada 3327 ta aniqlangan. Sankt-Peterburg (392) va Moskva viloyati (296) keyingi o‘rinlarda.

Rossiyada koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 1 215 001 nafarga yetdi. Shulardan 979 143 nafari tuzalib ketdi. 21 258 kishi virus qurboniga aylandi.

Moskvada Moskvada ish beruvchilarga xodimlarining 50 foizini majburiy tartibda masofaviy ishlashga o‘tkazish belgilangan. Bundan tashqari, Moskvada maktab o‘quvchilari 5-oktabrdan 18-oktabrga qadar ikki haftalik kuzgi ta’tilga chiqadi. Moskva meri Sergey Sobanin COVID-19 bilan kasallanish ko‘paygani sabab shunday qaror qabul qilgan.