Farg‘onada ekskavator bilan “Sobalt” avtomashinasi to‘qnashdi

“Hyundai” rusumli ekskvator mahalliy yo‘ldan chap tomonga qayrilib olayotganda “Sobalt” bilan to‘qnashib ketgan. Natijada “Sobalt” yo‘lovchisi R.B. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan
Sputnik

TOShKENT, 4 okt — Sputnik.  Farg‘ona viloyati Rishton tumanida “Hyundai” rusumli ekskavator va “Sobalt” avtomashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

YTH 22-sentabr kuni Temiryo‘l 2 ko‘chasida sodir bo‘lgan. T.I. boshqaruvidagi “Hyundai” rusumli ekskvatorida mahalliy yo‘ldan chap tomonga qayrilib olayotganda “Sobalt” bilan to‘qnashib ketgan. Natijada “Sobalt” yo‘lovchisi R.B. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Farg‘onada ekskavator bilan “Sobalt” avtomashinasi to‘qnashdi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov  harakatlari olib borilmoqda.