Yetti hududda yana 183 kishida koronavirus aniqlandi

Hozirda mamlakatda 3088 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 573 nafari og‘ir, 252 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan tun davomida yana 183 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 58 421 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy xatosi aytildi

Yangi kasallanganlarning 81 nafari Toshkent shahrida, 28 nafari Jizzax viloyatida, 21 nafari Toshkent viloyatida,18 nafari Sirdaryo viloyatida, 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,  13 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 479 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 54854 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3088 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 573 nafari og‘ir, 252 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.