Bir sutkada 465 kishida koronavirus qayd etildi

O‘zbekistonda so‘nggi sutka davomida kasallanganlar soni 465 kishini tashkil qildi. Aksariyat bemorlar Toshket va Namanganda aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. O‘zbekistonda 2 oktabr soat 10:00 holatiga koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 454 nafarni tashkil qildi.

So‘nggi 8 soat ichida qayd etilgan holatlar soni 164 kishini tashkil qildi:

  • 93 nafari Toshkent shahrida,
  • 25 nafari Namangan viloyatida,
  • 18 nafari Buxoro viloyatida,
  • 15 nafari Jizzax viloyatida,
  • 8 nafari Toshkent viloyatida,
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi sutkada 465 kishida koronavirus qayd etilgan.  

Respublikada virusdan sog‘ayganlar soni 53 955 nafarni (94%) tashkil qilmoqda. 3027 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

So‘nggi sutka davomida koronavirusdan vafot etganlar soni 2 kishini tashkil qildi. Kasallikning jami qurbonlari soni 472 kishini tashkil qildi.