Qor yog‘ishi mumkin: oktabr oyiga ob-havo prognozi

Yog‘inlar asosan yomg‘ir ko‘rinishida, harorat keskin soviganda yomg‘irning qorga qisqa muddatli o‘tishi ehtimoli bor.
Sputnik

TOShKENT, 1 okt - Sputnik. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, oktabr oyi harorat rejimi va yog‘inlar miqdori bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda, biroq ayrim joylarda yog‘ingarchilik meyordan ortiq bo‘lishi mumkin.

Bu yil qish sovuq kelishi kutilmoqda: mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha qaror qabul qilindi

"1-5 oktabr kunlari butun respublika bo‘yicha ob-havoning kam bulutli va og‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Shamol asosan sharqiy yo‘nalishda esadi va kuchsizdan o‘rtachagacha o‘zgarishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, shimolda 2-7 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi", - deyiladi xabarda.

Iqlimiy meyorlarga ko‘ra, oktabrda O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida 3 dan 5 gacha, qolgan hududlarda 5 dan 7 gacha yog‘ingarchilikli kunlar bo‘ladi. Yog‘inlar asosan yomg‘ir ko‘rinishida, harorat keskin soviganda yomg‘irning qorga qisqa muddatli o‘tishi ehtimoli bor. Toshkentda so‘nggi marta 2018-yilda yomg‘irning qorga o‘tishi qayd etilgan.

O‘rtacha ko‘p yillik tungi harorat 6-11 daraja iliqni tashkil qilsada, biroq ko‘pincha oktabrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida, ilk kuzgi ayoz kuzatiladi.

Kuz quruq bo‘ldi, qish boshlanishi esa qanday keladi - O‘zgidromet bashorati

Oktabrda kunduzgi harorat 23-28 darajadan 10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Ta’kidlanishicha, ba’zan amaldagi harorat va og‘inlar miqdori ko‘p yillik davr uchun o‘rtachalashtirilgan qiymatlardan ancha farq qilishi mumkin.

Toshkentda, masalan, meteorologik kuzatuvlarning yuz yillik tarixida ayrim yillarda oktabrdagi eng yuqori harorat 33-36 daraja issiqni tashkil qilgani qayd etilgan. Oktabr haroratining absolyut maksimumi 37,5 daraja bo‘lib, bu rekord 1941-yilga tegishli.

Toshkent uchun oktabr oyidagi eng past harorat 11,2 daraja sovuqni tashkil qiladi va bu ko‘rsatkich ancha oldin — o‘tgan asrning boshida qayd etilgan. Oxirgi 20 yil ichida Toshkentdagi minimal harorat 1-2 daraja sovuqdan past bo‘lmagan.

O‘zbekistonda Yangi yil oqshomida nega qor yog‘mayapti? Sinoptiklar javobi >>>

2015 yil oktabrida poytaxtimizda eng ko‘p yog‘igarchilik bo‘lgani qayd etilgan. O‘shanda yoqqan yog‘inlar miqdori oktabr oyi meyoridan 3,5 marta ko‘p bo‘lgan.

2002 yil oktabrida esa Toshkentda umuman yog‘ingarchilik kuzatilmagan.