Toshkentda “Lacetti” haydovchisi 6 ta avtomobilga shikast yetkazib, simog‘ochga borib urildi

Toshkentda inpektordan qochib tezlikni oshirgan haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazdi. So‘ngra oxirida yo‘l o‘rtasidagi simog‘ochga borib urildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Toshkentda “Lacetti” haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazib, simog‘ochga borib urildi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yo‘l-transport hodisasi 1-oktabr kuni soat 14:00 larda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh va Movarounnahr ko‘chalari kesishmasida ro‘y bergan.

Toshkentda “Lacetti” haydovchisi 6 ta avtomobilga shikast yetkazib, simog‘ochga borib urildi

Ma’lum qilinishicha, xizmat olib borayotgan YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan 30 yoshli haydovchi T.A. harakatini davom ettirib, Mustaqillik shoh ko‘chasi bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlangan. Oqqo‘rg‘on-Mustaqillik shoh ko‘chalari kesishmasiga yetgan vaqtida o‘zidan oldinda bo‘lgan “Matiz”, “Cobalt”, “Hyundai”, “Nexia”, “Spark” va “Damas” avtomobillariga texnik shikast yetkazgan. Shundan so‘ng yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagini ajratib turuvchi qismida, tungi vaqtda yoritish uchun o‘rnatilgan simog‘ochga urilib to‘xtagan.

Toshkentda “Lacetti” haydovchisi 6 ta avtomobilga shikast yetkazib, simog‘ochga borib urildi

Xabarda YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi ta’kidlangan.

Toshkentda “Lacetti” haydovchisi 6 ta avtomobilga shikast yetkazib, simog‘ochga borib urildi

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari dastlabki surishtiruv ishlarini olib bormoqda.