Arzon va tez – Google Pixel 5 smartfonlarini taqdim etdi

Google tez ishlaydigan, yaxshi himoyalangan va eng yaxshi kameralardan biriga ega bo‘lgan yangi smartfon taqdim edi.
Sputnik

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Google kompaniyasi 30-sentabr kuni o‘zining yangi avlod smartfonlarini taqdim etdi. Pandemiya sharoitida taqdimot marosimi, albatta Youtube orqali bo‘lib o‘tdi.

Pixel 5 – yangi, tez va arzon, deb ta’riflamoqda o‘z smartfonlarini axborot giganti.

Yangi. Pixel 5 – oldingi avlod smartfonalariga qaraganda jiddiy o‘zgargan. Ekran atrofidagi ramkalar endi yo‘q, 8-megapikselli old kamera matritsa ostiga joylashtirilgan. Matritsa esa OLED texnologiya asosida ishlangan bo‘lib 6 dum diagonalga va 2340 x 1080 nuqtaga ega.

Arzon va tez – Google Pixel 5 smartfonlarini taqdim etdi

Tez. Pixel 5 – 5 avlod uyali aloqa tarmoqlarida ishlashi mumkin,  demak internet aloqasi juda tez bo‘ladi. Smartfon Snapdragon 765G protsessori asosida qurilgan. Operativ xotira - 8 Gb,  ichki xotira - 128 Gb. Akkumulyatori 4080 mA/soat bo‘lib, smartfon nafaqat o‘zi balkim boshqa moslamalarni ham simsiz quvvatlash imkoniga ega. Masalan naushniklarni.  

Kamera - yangi smartfonda ikkita sensorli kamera o‘rnatilgan: asosiy 12,2-Mp, f/1.7 optik stabilizatsiyaga ega bo‘lgan va keng burchakli 16-Mp kamera. Bu safar Google telezum kameradan voz kechgan.

Yangi smartfon bilan birga Google Pixel 4a – modeli ham taqdim etildi. Ushbu smartfon flagmanga qaraganda kattaroq ekran 6,2 dum, kichikroq batareya 3800mA/s, 6 Gb operativ xotira bilan jihozlangan. Shuningdek unda simsiz quvvatlash imkoni va IP68 suvdan himoya qilish xususiyati - yo‘q.  

Arzon. Narxlar boshqa kompaniyalar flagman smartfonlarga nisbatan arzon: Pixel 5 – 700 dollar,  Pixel 4a – 500 dollar. Ayni damda smartfonlar 15 ta davlatga sotuvga chiqarilgan. MDH mamalkatlari haqida aniq ma’lumot yo‘q. 

Arzon va tez – Google Pixel 5 smartfonlarini taqdim etdi

Eslatib o‘tamiz, Google Pixel smartfonlarining oldingi modellari o‘zining texnik sozligi va juda yaxshi kamerasi bilan ajralib turardi. Bekorga smartfon nomida piksel so‘zi ishlatilmagan. Lekin Google o‘z smartfonlarini juda yuqori – 1000 dollar atrofida baholar edi. Balkim shu yoki boshqa sabablarga ko‘ra Google Pixel – juda kam sotilgan. Yiliga 1-3 million dona. Masalan Apple va Samsung yiliga – 300 milliondan smartfon sotishadi.