O‘zbekistonda 1-oktabrdan alkogol mahsulotlari narxi oshadi

Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qaror bilan ertadan alkogol mahsulotlari narxi oshadi.
Sputnik

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 1-oktabrdan alkogol mahsulotlari narxi oshadi. Tegishli qaror Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Hujjatga muvofiq, quyidagi narxlar belgilandi:

vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

  • ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 9 400 so‘m (ilgari 8 600 so‘m);
  • eng kam chakana narx – 11 200 so‘m (ilgari 10 200 so‘m).

konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

  • ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 33 000 so‘m (ilgari 31 000 so‘m);
  • eng kam chakana narx – 39 000 so‘m (ilgari 36 600 so‘m).

aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

  • ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 24 000 so‘m (ilgari 22 000 so‘m);
  • eng kam chakana narx – 28 500 so‘m (ilgari 26 000 so‘m).

Mazkur qaror 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.