Qorabog‘dagi ziddiylashuv va dronni qo‘llashdagi "suriya" tajribasi

Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar mojaro tomonlarining texnologik jihatdan sezilarli taraqqiy etganini namoyon qilmoqda, deb yozadi harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko
Sputnik

Ozarbayjon va Armaniston qo‘shinlari razvedka va zarba uchuvchisiz uchish qurilmalari (UUQ)dan - "suriya tajribasi"ni hisobga olgan holda faol foydalanishmoqda. Bu tabiiyki jonli kuch va texnikada yo‘qotishlar soni ortishini keltirib chiqarmoqda.

Dunyoda Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga qanday munosabat bildirildi va kim "olovga yog‘ quymoqda"?

Yaqin o‘tmishda ro‘y bergan xuddi shu singari jangovar harakatlardan farqli o‘laroq, Qorabog‘dagi hozirgi og‘ir aslahalar qo‘llanilayotgan ziddiyat jang maydonida olingan video bilan kechayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bu kadrlarda Ozarbayjon va Armanistonning havoda muntazam kuzatilayotgan razvedka va zarba dronlarini ko‘rish mumkin.

Armaniston harbiy idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, ozarbayjon qo‘shinlari 29-sentabr kuni arman hududi Vardenis shahrida joylashgan harbiy qism bo‘ylab turkiyada ishlab chiqarilgan dron yordamida aviazarba berishdi. Sal oldin Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari Qorabog‘ bilan chegaratutashuv joyida aholi punktlari Armaniston harbiy kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgani haqida bayonot bergan edi.

Pozitsiya janglari davom etmoqda, raqiblar bir-biriga alohida (nuqtali) zarba berishmoqda. Mojaro hududidan qochoqlar sezilarli oqimining yo‘qligi ham jangovar harakatlarning nisbatan bosiq xarakteridan dalolat bermoqda.

Qorabog‘dagi mojaro - Rossiyani Kavkaz urushiga tortishga urinish

Qaynoq osmon

Ayni vaqtda ekspertlar hamjamiyati faqatgina AR va OR harbiy idoralarining rasmiy ma’lumotiga tayanishlari mumkin. Qorabog‘ kuchlari go‘yoki 49ta ozarbayjon dronlarini urib tushirgan, o‘z navbatida, arman armiyasi 18ta UUQdan judo bo‘lgan. Taxminimcha, raqamlar o‘ta bo‘rttirilgan.

Taqqoslash uchun, o‘tgan o‘n yil mobaynida Tog‘li Qorabog‘da yigirmaga yaqin ozarbayjon va arman UUQlari urib tushirilgan edi. Ammo har nega qaramay, mintaqadagi dronlar urushi - bu haqiqat. Suriya tajribasi esa shuni ko‘rsatmoqdaki, zamonaviy qurolli mojarolarda uchuvchisiz komplekslar ahamiyati muntazam ortib bormoqda.

Yaqin kelajakda jangovar harakatlar strategiyasi va taktikasi ko‘p hollarda sun’iy ongga ega bo‘lgan razvedka olib borish va zarba berish, yuz va hatto minglab kilometrlardagi nishonlarga "qo‘li yetadigan" avtonom uchar apparatlari tomonidan belgilanadi. Shu bugunning o‘zida ham O‘O‘Qlar tomonidan jangovar harakatlar zonalarida sutkasiga 24 soatlik nazorat ta’minlanmoqda.

Rossiyada o‘tsochar dron yaratiladi

Qorabog‘ ziddiyatida Boku asosan Isroilda ishlab chiqarilgan, 50 kilogacha yuk ko‘tarishga qodir va harakat masofasi 250 km gacha bo‘lgan Aerostar, Hermes, Heron va Harop dronlaridan foydalanmoqda. Bunday apparatlarni razvedkada, o‘t zarbasini to‘g‘irlashda hamda raqibning jonli kuchi hamda yengil zirhlangan texnikasiga qarshi kurashda boshqariluvchi jangovar zaxira sifatida qo‘llash mumkin.

O‘O‘Q qimmatbaho, va Havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari vositalari uchun yetarlicha sezilishga ega. Masalan, Hermes 20 million dollarga yaqin turadi, ammo uni nishonga sari yo‘lda urib tushirishlari mumkin. Harajatlarni optimallashtirish uchun Ozarbayjon isroilning Aeronautics Defense kompaniyasi ishlab chiqaradigan dron-kamikadze "Orbiter-1K" Systemsning xillaridan biriga o‘xshash, o‘z-o‘zidan to‘g‘irlanadigan, ko‘rinuvchan va infraqizil diapazonlarda kuzatuv optik-elektr tizimiga ega, osmonni qo‘riqlovchi "Zarba" jangovar zaxiralarini litsenzion ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ydi.

"Ko‘rinmas" qotil: Rossiyaning "ovchi" droni AQSh va NATOni nega tashvishga solyapti?

Kattagina mablag‘ga ega bo‘lmagan holda, Yerevan o‘z mudofaa sanoati imkoniyatlariga tayanmoqda. Armaniston "Krunk" tipidagi yengil (20 kilogacha yuk ko‘tarish va harakat masofasi 150 km bo‘lgan) hamda tog‘li joylar uchun arzon va samarali bo‘lgan o‘ta kichik "Baze" razvedka va zarba apparatlarini ishlab chiqarmoqda va qo‘llamoqda. Arman armiyasining 95%dan ortiq dronlari - mahalliy ishlab-chiqaruvchilar mahsulotidir.

Janubiy Kavkaz barqaror dunyo uchun qaynoq nuqta va yuqori texnologik qurol uchun ancha tor bo‘lib qolmoqda. Bunday yuqoritexnologik qurol borgan sari ko‘paymoqda. Ammo jang maydonida tomonlarning birining total ustuvorligi hozircha kuzatilmayapti.