Jizzaxda ishlab chiqariladigan KIA avtomobillari narxi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston bozorida Seltos krossoveri narxi 230 mln so‘mdan, K5 sedani esa 250 mln so‘mdan boshlanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Jizzaxdagi zavodda yig‘iladigan KIA avtomobillari — Seltos va K5 modellarining narxlari e’lon qilindi.

Seltos krossoveri uchta komplektatsiyada taqdim qilinadi:

  • Luxe — 229 900 000 so‘mdan;
  • Style — 252 900 000 so‘mdan;
  • Prestige — 279 900 000 so‘mdan.

K5 sedani esa beshta komplektatsiyada taklif qilinmoqda:

  • Comfort — 249 900 000 so‘mdan;
  • Luxe — 269 900 000 so‘mdan;
  • Prestige — 293 900 000 so‘mdan;
  • Style — 343 900 000 so‘mdan;
  • GT Line — 369 900 000 so‘mdan.

Avvalroq “Jizzax” erkin iqtisodiyot zonasidagi ADM-Jizzakh zavodi noyabr oyidan boshlab eng yangi modellardan bo‘lgan — KIA Seltos va KIA K5 avtomobillarini yig‘ishni boshlashi haqida xabar qilingan edi.

Birinchi bosqichda zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 25 ming donani tashkil etadi. Keyinchalik ushbu ko‘rsatkich 100 mingtaga yetkaziladi..