"Vektor" markazi vaksinacining klinik sinovlarini tugatildi

Yangi vaksina insonda bir umrlik immunitet hosil qilmaydi, lekin yarim yil davomida virusdan himoya qilishi mumkin. 
Sputnik

TOShKENT, 30 sen - Sputnik. "Vektor" - Davlat biotexnologiyalar va virusologiya ilmiy markazi mutaxassislari koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksinaning klinik sinovlarini tugatdi, deb xabar qilmoqda "Rospotrebnadzora" rahbari Anna Popova.

"Vektor"da vaksinaning klinik sinovlari bugun tugatildi, Chumakov nomli institutda sinovlar davom etmoqda", - dedi Popova NTV telekanali efirida. 

Biroz oldin "Vektor" markazi tomonidan ishlab chiqilgan "EpiVakKorona" vaksinasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuborilgan edi. Vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish 15-oktabrda tugatish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng vaksina ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkazish boshlanadi. 

Birinchi bosqich sinovlarida ushbu vaksina o‘zining xavfsizligini va samaradorligini namoyish qilgan. Yangi vaksina insonda bir umrlik immunitet hosil qilmaydi, lekin yarim yil davomida virusdan himoya qilishi mumkin.