Toshkentda spa salonni fohishaxonaga aylantirgan shaxs aniqlandi

Jinoyat qidiruv xodimlari 52 yoshli Abdug‘ani X. 600 ming so‘m evaziga spa salonda ishrat uchun joy ajratib berganini aniqlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Toshkentda spa salonda intim xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq holat aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qarshida 50 ming so‘m evaziga qo‘shmachilik qilgan ayol ushlandi

26 sentabr kuni soat 22:5 da Uchtepa tumanida profilaktik tadbir o‘tkazilgan. Unda jinoyat qidiruv xodimlari 52 yoshli Abdug‘ani X. 600 ming so‘m evaziga spa salonda ishrat uchun joy ajratib berganini aniqlashgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 131 moddasi 2 qismi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.