Samarqandda uylar rang-barang tusga bo‘yaldi - foto

Bir xil ko‘rinishdagi ko‘p qavatli uylar soni juda ko‘p bo‘lgan joylarda ularni turli ranglarga bo‘yash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Sputnik

TOShKENT, 30 sen - Sputnik. Samarqanld yaqinidagi sobiq Kimogarlar posolkasida (sobiq Superfosfat) joylashgan ko‘p xonadonli uylar turli ranglarga bo‘yaldi, deb xabar qilmoqda Troll.uz.

"Samarqanddan 13 km uzoqlikdagi shaharchada uylarni shunday bo‘yashibdi. Nima deysiz? Menimcha ajoyib!", - deb yozgan post muallifi. 

Mahalliy hokimiyat fikriga ko‘ra, bir xil ko‘rinishdagi ko‘p qavatli uylar soni juda ko‘p bo‘lgan joylarda ularni turli ranglarga bo‘yash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Samarqandda uylar rang-barang tusga bo‘yaldi - foto

2017 yildan buyon Toshkentda ham shahar arxitekturasida turli ranglardan foydalanishga ruxsat berilgan edi. Ayni damda ana shunday rangli loyihalar yartilmoqda.

Samarqandda uylar rang-barang tusga bo‘yaldi - foto

Mahalliy aholining aksariyatiga ham ushbu g‘oya ma’qul kelgan, lekin qarshilar ham bor. Telegramda ushbu post 4 mingta layk va 1 mingta dislayk olgan.

Samarqandda uylar rang-barang tusga bo‘yaldi - foto