SSSR saqlab qolinganda, bugun dunyo qanday bo‘lar edi – Gorbachov javobi

Mixail Gorbachov SSSR saqlab qolinganda, bugun dunyo qanday bo‘lishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Agar Sovet Ittifoqi saqlanib qolinganda, bugungi kunda dunyo barqarorroq, xavfsizroq va adolatliroq bo‘lar edi, dedi SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachov Britaniyaning The Times nashriga bergan intervusida. RIA Novosti xabariga asosan.

“Agar Ittifoq saqlanib qolinganda, dunyo qanday ko‘rinishda bo‘lar edi - tarix istak fe’lini bilmaydi. Ammo dunyo yaxshiroq bo‘lar edi, deb o‘ylayman. U yanada barqarorroq, xavfsizroq, adolatliroq bo‘lar edi ”, - dedi SSSR sobiq prezidenti.

U ta’kidlashicha, Sovet Ittifoqining qulashi qayta qurish davrining "yakuniy natijasi" emas edi. "Mutlaqo yo‘q. Albatta, biz buni xohlamagandik", - deb qo‘shimcha qildi sobiq sovet rahbari.

Gorbachov xatolar bo‘lganligini tan oldi: partiyaning kechiktirilgan islohoti, SSSRni markazsizlashtirish, yetarlicha dadil bo‘lmagan iqtisodiy islohotlar. Shu bilan birga, bu siyosatning aniq natijalari qatorida u quyidagilarni sanadi - yadroviy qurolsizlanish, sovuq urushning to‘xtatilishi, so‘z, yig‘ilishlar, din erkinligi, davlatdan chiqib ketish erkinligi, muqobil saylovlar va ko‘p partiyaviylik tizim.

"Va eng muhimi - biz o‘zgarish jarayonini shu darajagacha yetkazdik, uni orqaga qaytarib bo‘lmaydigan bo‘lib qoldi. Shu sababli 1991-yil avgustda to‘ntarish muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Garchi undan katta zarar ko‘rilgan: bu prezident va ittifoqqa zarba edi. Keyinchalik esa radikallar va ayirmachilar oqibatlarni o‘ylamasdan, Ittifoqni batamom yakson qildilar", deya qo‘shimcha qildi Gorbachov.