Atambayev Qo‘y-tosh voqealari bo‘yicha sudda ishtirok etishni xohladi

Atambayev yil davomida sud va tergov harakatlarini inkor qilib, ro‘y berayotgan voqealarni "hukumat uni ham jalb qilmoqchi bo‘layotgan o‘yin" deya atab, barcha savollarni javobsiz qoldirib kelayotgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Qo‘y-Toshdagi voqealar bo‘yicha sud jarayonida ishtirok etadi, bu haqda Sputnik Qirg‘izistonga Atambayevning advokati ma’lum qilgan.

Atambayev kasalxonadan tergov izolyatoriga o‘tkazildi

Advokat sudyadan sud jarayonida Atambayev ishtirok etishi uchun uning yetkazilishini ta’minlashni so‘ragan. Sudya Marat Sidikov advokatning iltimosnomasini qanoatlantirgan. Sobiq davlat rahbari 2-oktabr kuni sudga olib boriladi.

Atambayev yil davomida sud va tergov harakatlarini inkor qilib, ro‘y berayotgan voqealarni "hukumat uni ham jalb qilmoqchi bo‘layotgan o‘yin" deya atab, barcha savollarni javobsiz qoldirib kelayotgan edi.

Atambayevning fikricha, unga immunitet beradigan sobiq prezident maqomini undan noqonuniy olib tashlashgan.