AQSh Rossiyaning T-72 tankini yakson qilish uchun robotni sinovdan o‘tkazdi

AQShning Arizona shtatidagi Yuma poligonida harbiy o‘quv mashg‘ulotlar davomida LIDAR robotlari sinovdan o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. AQShning Arizona shtatidagi Yuma poligonida harbiy mashqlar davomida LIDAR robotlari sinovdan o‘tdi. Breaking Defense nashri yozishicha, robotlarning nishoni Rossiyaning T-72 tanki bo‘ldi. RIA Novosti xabariga asosan.

Kichik pilotsiz uchar qurilma bilan jihozlangan bu robotlar 3,5 milliondan ortiq harbiy texnikalarning suratlari asosida T-72 tankini Aided Target Recognition (ATR) algoritmi yordamida aniqladi.

Sun’iy intellekt nishon haqida ma’lumotlarni yukladi, chunki uning o‘rnatilgan qurolining nishonga olishi tankni yakson qilish uchun yetarli bo‘lmadi, u operatorning roziligi bilan artilleriyani yordamga chaqirdi.

Breaking Defense bundan oldin Rossiya va Xitoy bilan bog‘liq xavotirlar tufayli AQSh armiyasi artilleriya tizimlarini o‘q otish uchun joylashtirish vaqtini 20 soniyagacha qisqartirgani haqida xabar bergan edi.