O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 56 mingdan oshdi

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 463 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 190 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 56 068 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

O‘zbekiston Xitoy bilan birgalikda vaksina ishlab chiqishda ishtirok etadi

Yangi kasallanganlarning 120 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 12 nafari Andijon viloyatida, 10 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Farg‘ona viloyatida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 463 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 52 466 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 139 nafar bemor davolanmoqda