Moskva maktablarida ikki haftalik ta’til e’lon qilindi

Odatda Moskva maktablarida kuzgi ta’til bir hafta davom etar edi. Biroq aniqlanayotgan koronavirus ko‘payotganini sababli ular yana bir haftaga uzaytirildi.
Sputnik

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Moskvada maktab o‘quvchilari 5-oktabrdan 18-oktabrga qadar ikki haftalik kuzgi ta’tilga chiqadi. Moskva meri Sergey Sobanin COVID-19 bilan kasallanish ko‘paygani sabab shunday qaror qabul qilgan.

Odatda Moskva maktablarida kuzgi ta’til bir hafta davom etar edi.

Sobanin masofadan turib ishlashni davom ettirishni taklif qildi

“Sanitariya shifokorlari tavsiyasiga binoan, kuzgi shamollash kasalliklari va aniqlangan kovid bilan kasallanishning o‘sishini inobatga olgan holda men kuzgi ta’til davomiyligini oshirishga qaror qildim”, - deya yozgan Sobanin.

Ta’til vaqtida masofaviy darslar bo‘lmaydi. Qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. Bog‘chalar esa odatdagidek ishlaydi.

28 sentabrdan Moskvada 65 yoshdan kattalar uchun yana o‘zini o‘zi yakkalash rejimi amal qilmoqda. Moskvada 287 mingdan ziyod koronavirus bilan kasallanish aniqlangan. 27-sentabr kuni ilk bor 2-iyundan buyon bir sutkada 2 mingdan ziyod kasallanish qayd etildi.