TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Ulug‘ Vatan urushi ishtirokchisi va Sovet Ittifoqi qahramoni G‘ulom Yakubov sharafiga Minskning Lenin tumanida joylashgan ko‘chalardan biri nomlandi. Bu haqda ushbu tashabbusni ilgari surgan O‘zbek harbiy tarixiy jamiyati ma’lum qildi.
G‘ulom Yakubov 1915-yili 15-mayda O‘zbekistonda Mirzaobod qishlog‘ida dunyoga kelgan. Oltinchi sinfni bitirgan. Sovet-fin (1939-140 yillar) hamda Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi.
1942 yilda frontga kelgan, 1944 yoziga kelib avtomatchilar rotasiga qo‘mondonlik qilgan.
“1944 yili 23-iyun kuni Belarus hujum amaliyoti boshlandi. Mogilevshinada Ludchitsa qishlog‘i yaqinidagi 150,9 m balandligi muhim ahamiyatga ega edi. 1944-yil 24-iyunga o‘tar kechasi avtomatchilar rotasi kapitani Yakubov uchta dushman handaqlaridan kechib, balandlikni egalladi”, - deyilgan xabarda.
Nemis dushmanlari jangchilarni qurshab olgan. Kapitan Yakubov uning o‘rtoqlari pistirmaga tushib qolganini ko‘rib, mudofaani tashkillashtirib rahbarlik qilgan. Jang qariyb 20 soat davom etgan, kuchlar teng bo‘lmagan, ammo sovet askarlari dushmanning barcha 40 ta hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.
Biroq Yakubovning o‘zi jangda halok bo‘lgan.
1945 yil 24-martda kapitan G‘ulom Yakubovga vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.
Shuningdek, u Lenin, Qizil Bayroq, Vatan urushi (ikkinchi darajali), Qizil Yulduz ordanlari va medallari bilan taqdirlangan.
Yakubovning busti Asaka va Andijonda o‘rnatilgan, uning sharafiga Asaka, Bixovdagi ko‘chalar hamda Asakadagi 24-maktab nomlangan.