Yomg‘ir, tuman, harorat pasayishi: O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi

30 sentabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona voydiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
Sputnik

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zgidromet bir haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Bugun O‘zbekiston hududida kam bulutli va nisbatan iliq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat shu kun iqlimiy meyorlaridan biroz past bo‘lib, 20-25 darajagacha ko‘tariladi.

29-30 sentabrda butun O‘zbekiston hududi balandlikdagi siklon ta’sirida bo‘ladi. Respublika bo‘yicha bulutlilik ortishi kutilmoqda.

29 sentabrda ko‘pchilik viloyatlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm va Buxoro viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

30 sentabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona voydiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

29-30 sentabrda kunduzgi harorat 15-20 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy meyordan 6-8 darajaga pastdir.

1-3 oktabrda butun mamlakat hududida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Tunda va ertalab sovuq havo oqimining ta’siri hali saqlanib turadi, harorat 5-8 darajagacha pasayadi. Kunduzi quyosh nurlari havoni asta isitib, harorat 22-25 darajagacha ko‘tariladi.