Oksana Chusovitina Kiyevda oltin medalga sazovor bo‘ldi

Turnirda O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Isroil, Germaniya, Litva, Latviya, Sloveniya, Belarus va Ukrainadan 85 nafar sportchi ishtirok etgan.
Sputnik

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina Ukrainaning Kiyev shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Chusovitina musobaqaning ayollar o‘rtasida tayanib sakrash yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.

“Chusovitina kecha saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi va bugun final bosqichida ham o‘zining betakror chiqishi bilan yana bir bor oltin medalga sazovor bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

Turnirda O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Isroil, Germaniya, Litva, Latviya, Sloveniya, Belarus va Ukrainadan 85 nafar sportchi ishtirok etgan.