O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 55,1 mingdan oshdi

Hozirda mamlakatda 3218 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 719 nafari og‘ir, 294 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda koronavirus yana 179 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 55132 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Koronavirusdan o‘lim darajasini ancha pasaytiradigan vitamin nomi oshkor qilindi

Yangi kasallanganlarning 97 nafari Toshkent shahrida, nafari Namangan viloyatida, 17 nafari Samarqand viloyatida, 12 nafari Surxondaryo viloyatida, 12 nafari Farg‘ona viloyatida, 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 7 nafari Toshkent viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 456 kishiga yetdi.

Shu paytga qadar 51 458 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3218 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 719 nafari og‘ir, 294 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.