Toshkent hayvonot bog‘ida 10-yil o‘tib Buxoro bug‘ulari paydo bo‘ldi

Buxoro bug‘usi (xongul) Xalqaro va O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Poytaxt hayvonot bog‘iga ular Zarafshon milliy tabiat qo‘riqxonasidan keltirildi.
Sputnik

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Poytaxt hayvonot bog‘iga 10-yillik tanaffusdan so‘ng Zarafshon milliy tabiat qo‘riqxonasidan Buxoro bug‘ulari keltirildi.

Buxoro bug‘usi (xongul) Xalqaro va O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Surxondaryo viloyati, Payg‘ambar oroli va Amudaryo to‘qayzorlarida umumiy hisobda 60-70 boshni tashkil etishi taxmin qilinadi.

Yo‘q bo‘lib ketayotgan bu tur muhofazaga olingan va jonivorlarni ovlash taqiqlangan. Tanasi 78—86 sm, bo‘yi 56—60 sm, og‘irligi 75— 100 kg. To‘q kulrang, yelkasida qoramtir yo‘llari bor. Shoxlari butoqli.