Retro-go‘zallik va motorlar gurillashi: Amirsoyda ilk bor avto-moto festivali bo‘lib o‘tmoqda

Ikki kunlik festivalda "Amirsoy" barcha mavsumiy tog‘-chang‘i kurorti eksklyuziv avto va moto texnika uchun bitta yirik avtoparkka aylandi.
Sputnik

O‘zbekistonda 26-27 sentabr kunlari ilk marta “Amirsoy Mountain Resort” tog‘-chang‘i kurortida avtomobil ixlosmandlari uchun katta bayram – Avto-moto festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Shu ikki kun mobaynida “Amirsoy” kurorti 150 dan ortiq tuninglangan eksklyuziv avto va moto texnika uchun yirik avtoparkka aylanadi. Festival tashkilotchilari mehmonlar va ishtirokchilar uchun DJ’larning jonli (Live) chiqishlari, test-drayv, motosikl rayderlarining truklari, driftlar, kurort bo‘ylab ekskursiya va turli xildagi sovrinli tanlovlar kabi ko‘ngilochar dasturlarni namoyish qilishmoqda.

Tanlovlarda tuning, avtotovush, drift, retro, 4x4, supermashinalar va boshqa yo‘nalishlardagi eng yaxshilar aniqlanadi.