TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Bugun, 27-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:49 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 40,89 gradus shimoliy kenglik; 71,76 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=2,9. Chuqurlik 6 km. Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha masofa 217 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Namangan : 14 km, 4 ball.
Andijon : 51 km, 2 ball.
Farg‘ona : 56 km, 2 ball.