TOShKENT, 26 sen - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 660 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlari O‘zbekistonning 7ta hududida aniqlangan.
Xususan, Toshkent shahrida - 112 nafar, Namangan viloyatida - 26, Andijonda - 15, Sirdaryoda - 14, Jizzaxda - 13, Samarqandda - 12, Toshkent viloyatida - 3 nafar bemor aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda mamlakatda 50 954 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda O‘zbekistonda 3 255 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 718 nafari og‘ir, 289 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.