Rossiyada "Made in Uzbekistan" milliy mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmalari tashkil etiladi

Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zbekistonda Rossiya ma’naviy madaniyati kunlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Sputnik

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. Rossiyaning bir nechta hududlarida "Made in Uzbekistan" milliy mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmalari tashkil etiladi, deb xabar qildi "Yuksalish" telegram kanali.

O‘zbekiston Moskvadagi VDNX milliy pavilonida ko‘rgazmalarini tayyorlamoqda

Xususan, 26-oktabr—1 noyabr kunlari Samarada; 23—24 noyabr kunlari Sankt-Peterburgda; 1—2 dekabr kunlari Qozonda; 15—16 dekabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zbekistonda Rossiya ma’naviy madaniyati kunlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Loyihadan yosh artistlar va xalqaro musobaqalar g‘oliblari ijrosida o‘tkaziladigan mumtoz musiqa konsertlari, rus madaniyati va ma’naviyatining eng yorqin va boy merosi namunalarini aks ettiradigan ko‘rgazmalar, Rossiya va O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy birligiga bag‘ishlangan ikkiyoqlama anjuman, davra suhbati, fotoko‘rgazma va xor jamoalari chiqishlari o‘rin olgan.

Rossiya ma’naviy madaniyati kunlari tadbirlarida ishtirok etish uchun Toshkentga ikki mamlakatning madaniy aloqalarini o‘rganishga jalb qilingan yetakchi madaniyat, ilm-fan arboblari, jamg‘armalar va tashkilotlar direktorlaridan iborat Rossiya delegatsiyasini yuborish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tadbirlarda madaniyat vazirlari va Rossiya regionlaridagi muassasalar rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.