"Sobiq Ittifoq" tushunchasi O‘zbekiston uchun o‘z ma’nosini yo‘qotib bo‘ldi - tarixchi

Yangi O‘zbekiston birinchi o‘ringa o‘z milliy manfaatlarini qo‘ygan holda ko‘p vektorli tashqi siyosat olib bormoqda.
Sputnik

Tarix fanlari doktori, professor Aleksey Malashenko Sputnik bilan bo‘lgan suhbatda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida chiqishini izohladi. 

— Aleksey Vsevolodovich, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTdagi chiqishda "yangi O‘zbekiston" iborasini ishlatdi. Ushbu ibora Markaziy Osiyo haqida materiallarning aksariyatida uchraydi. Siz bu haqida nima deb o‘ylaysiz? 

— O‘zbekiston haqida gap ketganda "yangi" so‘zi juda mos keladi. Men bu yerda bitta, lekin o‘ta muhim holatga e’tibor qaratmoqchiman. Shu vaqtga qadar Markaziy Osiyo hududi haqida gap ketganda siyosatchilar va analitiklar "sobiq Ittifoq" hududi dagan termindan foydalanishadi. Lekin O‘zbekiston borasida gap ketganda   "sobiq Ittifoq" tushunchasi o‘z ma’nosini deyarli yo‘qotib bo‘ldi. Bu allaqachon o‘tmishga aylandi, kimdir uni "buyuk" kimdir "qayg‘uli" deb hisoblasa ham. 

Yangi davr poydevorini qo‘yish - bu o‘ta murakkab ish. Bu yo‘l hamma uchun qiyin. Ustiga ustak boshimizga koronavirus pandemiyasi keldi. 

— Shavkat Mirziyoyev bir necha tashabbuslarni olg‘a surdi. Jumladan kambag‘allikka qarshi kurash masalasini ham. Siz O‘zbekiston iqtisodi holatini qanday baholaysiz, u ushbu muammoni hal eta oladimi?

— Men sizga faqat 2ta raqam keltiraman. Birinchisi - Respublikaning valyuta rezervlari so‘nggi vaqtda 5,5 milliard dollarga oshdi va umumiy hisobda 34 milliarni tashkil qilmoqda. Ikkinchisi — sanoat sohasida 11 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 

O‘zbekiston iqtisodiy strategiyasi butun aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan. Toshkent hozir tadbirkorlik va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga, investitsion muhitni yaxshilashga kirishgan. Undan tashqari fuqarolarga yangi kasblar va hunarlar o‘rgatish rejalashtirilmoqda. 

Shuningdek "Har bir oila - tadbirkor" loyihasi ishga tushgan. U muvaffaqiyatga erishgan taqdirda - jamiyat rivojlanishi uchun ulkan turtki bo‘ladi. 

— Global chaqiriqlar O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlariga qanday ta’sir qilmoqda? 

— Toshkentning tashqi siyosati hozir ham ko‘p vektorli bo‘lib qolmoqda va bu ko‘p vektorlik shunchaki siyosiy holat emas, balkim - strategiyadir. Respublika ko‘plab xalqaro tashkilotlarda ishtirok etmoqda, turli davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirmoqda, lekin birinchi o‘ringa - o‘z milliy manfaatlarini qo‘ymoqda.