Moskvada o‘zini o‘zi yakkalash tartibi yana kuchaytirildi

Moskvada qariyalarga uyda qolish va yirik korxonalarga imkon qadar xodimlarni masofaviy tartibda ishga o‘tkazish taklif etildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 - Sputnik. Moskvada 28-sentabrdan boshlab koronavirusga qarshi kurash choralari kuchaytiriladi. Bu haqida Moskva meri Sergey Sobaningning bugun 25-sentabr kuni e’lon qilingan farmonida aytib o‘tilgan. 

Farmonda, xususan 2020-yilning 28-sentabrdan boshlab quyidagi cheklov choralari kuchga kirishi aytib o‘tilgan:

  • 65 yoshdan katta va Moskva shahar Sog‘liqni saqlash departamenti tomonidan belgilangan ro‘yxatdagi kasalliklari bo‘lgan shaxslar uydan chiqmasliklari kerakligi;
  • Moskva shahrida faooliyat yuritayotgan barcha yirik korxonalariga yuqoridagi toifaga kiruvchi xodimlardan tashqari, ish joyida turib ishlashga ehtiyoj bo‘lmagan barcha xodimlarni masofaviy tarbida ishga o‘tkazish;
  • Xodimlarni ish joylarida bo‘lish vaqtini imkon qadar qisqartirish;
  • Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishda davom etish; 

Shuningdek, ommaviy tadbirlar, qariyalarning bir joyga to‘planishi, restoran va kafelarda chilim chekishga bo‘lgan ta’qiqlar ham saqlanib qoladi. 

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Rossiyada yaratilgan koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksining yakuniy bosqich sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. Moskva va Moskva viloyatida yil oxirida ommaviy emlash boshlanishi mumkin.