MDHda COVID-19’ga qarshi Rossiya vaksinasi paydo bo‘lishi mumkin

Rossiya ishlab chiqarilgan vaksinani ommaviy tarzda chet elga yubormaydi. Buning o‘rniga rus olimlari boshqa mamlakatlar bilan preparatni ishlab chiqarish texnologiyasini berishga tayyor.
Sputnik

Bu haqda Gamaleya instituti direktori Aleksandr Gunzburg aytib o‘tdi. Ammo bu yondashuvni MDH davlatlarida qo‘llash mumkin emas.

Ayni paytda Rossiyada yana 2ta vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda. 22-sentabrda Rossiyaning Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi preparatni klinik sinovlaridan o‘tkazishga ruxsat berdi. Rossiya Fanlar akademiyasida vaksina ishlab chiqildi. “Vektor” ilmiy markazi tomonidan yaratilgan vaksinaning sinovlari nihoyasiga yetmoqda.

Rossiya vaksinasini qo‘shni davlatlar qanday qilib olishlari mumkinligi va nima uchun Rossiya o‘z ishlanmalarini oshkor qilishga tayyor – bu haqda videomizda.