TOShKENT, 25 sen — Sputnik. 26-27 sentabr kunlari Yerda magnit bo‘ronlari boshlanishi mumkin, bu haqda “Fobos” markazi xabar qildi.
“Shanba kuni Yer magnitosferasi biroz bezovtalanadi, faollik cho‘qqisi yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi, unda ma’lum soatlarda G1 darajadagi kuchsiz magnit bo‘ronlar paydo bo‘lishi mumkin", - deyilgan xabarda.
Dushanba kundanoq geomagnit maydon tinchlana boshlaydi va haftaning o‘rtalariga kelib tinchlanadi.