Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovi yo‘lga qo‘yildi

26 sentabrdan boshlab haftasiga ikki marotaba Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida "Afrosiyob" poyezdlari qatnovi ko‘paymoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

26 sentabrdan boshlab haftasiga ikki marotaba shanba va yakshanba kunlari Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu yo‘lovchilarga ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olish mumkin.