TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Samolyot o‘rindiqlari orasida shpagatga o‘tirgan stuardessa aks etgan surat Instagram foydalanuvchilarini o‘ziga maftun qildi.
Surat flight___love akkauntida chop etildi. Stuardessa Alissa Koraag Transavia aviakompaniya kiyimida suratga tushgan.
Foydalanuvchilar stuardessaning rastajkasini yuqori baholab, uni balet raqqosasi bilan taqqosladilar. Ba’zilar uning bir vaqtning o‘zida "model va gimnastikachi"ga o‘xshashligini yozishgan.
Ayni paytda post 3700 dan ortiq layk to‘plagan.